Abbosbek Fayzullayev — "Bashakshehir" tarixidagi eng qimmat transfer
Transfermarkt portali "Istanbul Bashakshehir" sotib olgan eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborlisi, SSKAdan 7,5 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev istanbulliklar tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
Hozircha ijarada hisoblangan Eldor Shomurodov 3-o‘rinda. Ammo kelasi yozda klub uni "Roma"dan sotib olsa O‘zbekiston milliy jamoasi sardori deyarli 6 million yevro qiymat bilan 2-o‘ringa ko‘tariladi.
"Bashakshehir"ning eng qimmat transferlari:
1. Abbos Fayzullayev — 7,5 mln yevro, SSKAdan
2. Chengiz Under — 4,8 mln yevro, "Altinordu"dan
3-5. Ravil Tagir — 3 mln yevro, "Altinordu"dan
3-5. Eldor Shomurodov — 3 mln yevro, "Roma"dan (hozircha faqat ijara)
3-5. Junior Kaykara — 3 mln yevro, "Shalke"dan
6. Enso Krivelli — 2,7 mln yevro, "Kan"dan
7. Berkay O‘zjan — 2,5 mln yevro, "Hamburg"dan
8. Eden Karzev — 2,3 mln yevro, "Makkabi"dan
9. Yusuf Ndayishimiye — 2,1 mln yevro, "Yeni Malatyaspor"dan
10. Kshishtof Piontek — 2 mln yevro, "Herta"dan