USD 11941.65
EUR 13383.01
RUB 147.65

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Paxtakor murabbiysi o'yindan keyin nima dedi

 

OCHL Elit 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Nassr" (2:6) bahsidan so'ng toshkentliklar ustozi Emilian Karas o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'z fikrlarini bildirdi.

"Natija biz uchun achinarli bo'ldi. O'yindan oldin ham kamroq xatoga yo'l qo'ygan jamoa g'alaba qozonishini aytgandim. Afsuski, o'z o'yinimizdagi qo'pol xatolar shunday oqibatga olib keldi va raqibga ikkita tezkor to'p kiritish imkonini berdi. Shundan so'ng tavakkalga qo'l urib, oldinga intildik va raqibga katta bo'sh maydonlar qoldirdik. Ularning tezkor futbolchilari bu fursatlardan unumli foydalanib, hujumlarni tez rivojlantirdi. Bu turnirda saviya tamomila boshqa: ichki chempionatda bunday xatolar kechirilishi mumkindir, ammo OCHLda "Al Nassr"dek jamoa bizni shafqatsizlarcha jazoladi.

Hujumda etarlicha vaziyatlar yaratdik, ikkita gol urdik. Bizni qo'llab-quvvatlab, oldinga boshlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Biroq himoyadagi jamoaviy o'yinda raqibga taqdim etilgan "sovg'alar" yakuniy natijani belgilab berdi", - deya fikr bildirdi Emilian Karas.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг