Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushadi
Bugun Toshkentdagi Olimpiya maydonida soat 19:30 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup-2025" turnirining final bosqichida Eronga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu uchrashuvni qirg‘izistonlik hakam Nurzat Abduqodirov boshqarib boradi.