Navbahor-Paxtakor o‘yinini kim boshqarishi maʼlum bo‘ldi
O‘zbekiston Futbol hakamlari markazi (O‘ZFHM) tomonidan Superliganing so'nggi, 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarda faoliyat olib boradigan rasmiylar ro‘yxati eʼlon qilindi.Unga ko‘ra, mazkur tur doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Firdavs Norsafarov boshchilidagi hakamlar brigadasi boshqaradigan bo‘ldi.
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov;
Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov;
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov;
VAR hakami: Ilgiz Tantashev;
AVAR hakami:Timur Gaynullin;
Nazoratchi: Konstantin Smirnov;
Komissar: Shohruh Said.
Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin 29 noyabr kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 15:00 da start oladi.
Bo‘lajak bahsda jamoamizga omad yor bo‘lishini tilaymiz!


